Aviasales.uz O‘zbekistonda yangi sayohat media loyihasi — Yo‘lovchi’ni ishga tushirdi
2025-yil bahorida Aviasales.uz O‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun yangi media platformani — Yo‘lovchi’ni taqdim etdi. Loyiha sayohatga qiziqqan, yangi joylarni kashf etishni istagan va safar oldidan ishonchli manba izlayotganlar uchun yaratilgan.

Yo‘lovchi — bu oddiy blog emas. Bu yerda siz samimiy sayohat hikoyalari, foydali maslahatlar, yo‘lko‘rsatmalar, layfhaklar va o‘ylab tanlangan yo‘nalishlar to‘plamini topasiz. Har bir material Aviasales.uz tajribasiga tayangan holda, o‘quvchining haqiqiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda yozilgan.
Yo‘lovchi nimalari bilan boshqacha?
Ikki tilda: maqolalar o‘zbek va rus tillarida chiqadi. Kimga qaysi til qulay bo‘lsa — o‘qish oson.
Real tajriba: maqolalar hayotiy, mualliflar o‘zlari ko‘rgan va his qilgan safarlari haqida yozadi.
Oddiy va do‘stona til: biz rasmiy tilda emas, yaqin do‘stga hikoya qilgandek yozamiz.
Saytda allaqachon bir nechta maqolalar e’lon qilingan: uzoq tranzit vaqtida nimalar bilan shug‘ullanish mumkinligi, homiladorlik paytida sayohat qilish bo‘yicha tavsiyalar, samolyotdagi xizmat turlari o‘rtasidagi farqlar, hamda 2025-yil uchun o‘zbekistonliklar vizasiz bora oladigan mashhur va noodatiy yo‘nalishlar ro‘yxati.